Somalida Afrika Ittifoqining harbiy bazasi hujumga uchradi

  • Amerika Ovozi

Keniyalik askarlar. Al-Shabab Afrika Ittifoqi qo'shinlari safidagi keniyalik 60 dan oshiq askarni o'ldirganini da'vo qilayapti.

Somalining Gedo mintaqasida al-Shabab jangari guruhi Afrika Ittifoqining harbiy bazasiga hujum qilgan.

Avvaliga mashinalarda bir necha kishi o'zini portlatgach, jangarilar otishma boshlagan.

Al-Shabab keniyalik 60 dan oshiq askarni o'ldirganini da'vo qilayapti.

Somali rasmiylarining aytishicha, kamida 40 nafar keniyalik harbiy haqiqatda nobud bo'lib, qolgani bazadan qochishga muvaffaq bo'lgan. Jangarilar askarlarning qurol-aslahasini olib qochgan.

Jangarilar o'tgan yilning yozi va kuzida Afrika Ittifoqining bazalariga huddi shunday hamlalar qilgan, o'nlab harbiylar jon bergan edi.