Amerika xususiy sektori Janubiy Koreya hukumatidan uning uchun imtiyozlarni kengaytirishni so'ramoqda. Aks holda Prezident Tramp hamkorlikni cheklashi mumkin. Uni erkin savdo kelishuviga ko'ndirish uchun zarur qadamlar tashlash kerak, deya ogohlantirmoqda bizneslar.
Tramp deydiki, Janubiy Koreya bilan erkin savdo amerikaliklarni 100 ming ish o'rnidan ayirgan. AQSh kompaniyalari vatandagi korxonalarni yopib, arzon ish kuchi izlab Osiyoga, jumladan Janubiy Koreyaga ketgan.
Seuldan Amerika Tijorat palatasiga ko'ra, Janubiy Koreya iqtisodiyoti oshkoralikni kengaytirib, nazorat tizimini takomillashtirsa, Oq uyga ma'qul kelishi mumkin.
Amerika avtomobilsozlariga ko'ra, Janubiy Koreyada haddan tashqari ko'p talablar qo'yadi, ayniqsa, ekologik me'yorlar yuqori va tizimni tushunish qiyin.
Janubiy Koreyada avtomobil bozori xorijiy mahsulotlar uchun 15 foiz o'rin ajratgan xolos. AQSh va Yevropa mamlakatlarida esa 40 foiz.
Amerika va Janubiy Koreya orasidagi 28 milliard savdo kamomadining 80 foizi aynan avtomobil sanoatiga to'g'ri keladi.
Seul nazarida erkin savdo AQSh uchun ham foyda. O'tgan ikki yil mobaynida Amerikadan avto import 20 foizga oshgan.
Prezident Trampni Janubiy Koreya bilan erkin savdoga ko'ndirish uchun ikki davlat orasidagi hozirgi biznes hamkorlik natijasida Amerikada mahalliy ish o'rinlari ko'paymoqda, deya ishontirish kerak.
Bu degani Amerikaning bu davlatga eksporti oshayotgan bo'lishi kerak. Metal sanoatida, masalan, bunday o'sish 8 foizni tashkil etgan. Pishloq eksporti 500 foizga, cho'chqa go'shtidan tayyorlangan mahsulotlar eksporti esa 90 foizga oshgan.
"Hyundai" va "Kia" avtomobilsozlik kompaniyalari Amerikada zavodlar ochib, 45 ming ish o'rni yaratgan.
"Samsung" texnologiya kompaniyasi ham o'z bo'limlarini ko'paytirish harakatida.