Seul-Pxenyan tinchlik bitimiga qaramay AQSh qo’shinlari chiqmaydi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreyaning bildirishicha, qo’shni Shimoliy Koreya bilan tinchlik bitimi imzolansa ham AQShning Janubiy Koreyadagi qo’shinlari yarimorolni tark etmaydi.

Janubiy Koreya prezidentining matbuot xizmati chiqargan bayonotda bundan bir kun oldin mahalliy gazetada chop etilgan maqolaga raddiya beriladi. Prezident maslahatchilaridan birining qalamiga mansub ushbu maqolada aytilishicha, ikki Koreya o’rtasida tinchlik bitimi imzolaganidan so’ng AQSh qo’shinlarining Janubiy Koreyada qolishini asoslash qiyin bo’ladi.

Shimoliy Koreya qo’shnisidan salkam 30 ming amerikalik askar chiqarilishini talab qilib keladi. Yadro dasturidan voz kechish shartlaridan biri bu. O’tgan hafta Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un chegarada uchrashishganida bu masalani muhokama etishmagan.

Kim Chen Un oy oxiri yoki iyunda AQSh rahbari Donald Tramp bilan ham ilk bor ko’rishishi mumkin.