Janubiy Koreya Prezidenti Mun Jey In Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un bilan ikki mamlakatni bir-biridan ajratuvchi zonada ko’rishishga hozirlanmoqda. Mun ma’muriyatining rahbari uchrashuv haqida ma’lumot berdi:
“Ikki rahbar Tinchlik uyida uchrashadi. Birinchi qavatida janob Kim mehmonlar kitobida yozuv qoldiradi, suratga tushishadi. Asosiy muzokaralardan oldin yuzma-yuz gaplashishadi, so’ng ikkinchi qavatga ko’tarilib, 10 yarimda muloqot boshlanadi”, - deydi Im Chen Suk.
Tomonlar Shimoliy Koreya yadro dasturi xususida gaplashadi. Shimoliy Koreya yadro qurollari va raketa sinovlarini to’xtatishi mumkinligiga ishora qilgan.
Muzokaralardan so’ng ikki rahbar o’z mamlakatlaridan keltirilgan tuproq va suv bilan daraxt ko’chatini ekishadi.
Shundan keyin Mun va Kim muzokaralarni davom ettirib, kechki ziyofatdan so’ng poytaxtlariga qaytishadi.
Kim Chen Un may oxiri-iyun boshida AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan ham uchrashishi mumkin.