Xalqaro kosmik stansiyasidagi astronavt ochiq fazoda kichik oynasini yo’qotgan.
“Bu qanday ro’y berganini o’zim ham tushunolmadim. Oynacha bilakda mahkam yopishtirilgan bo’ladi. Stansiyadan chiqqandan keyin miltillab uchib ketayotgan narsaga ko’zim tushdi va zulmatda g’oyib bo’ldi”, - deydi astronavt Kris Kassidi.
Yoqotilgan oyna kosmosda uchib yurgan millionlab boshqa jismlar qatoridan o’rin oladi.
Bu orada, tadqiqotchilar Chili shimolidagi teleskoplar interferometridan foydalangan holda 63 million yorug’lik yili uzoqlikdagi sistema orbitasini o’lchadi.
Buni ham ko'ring Insoniyatning samodagi ilk teleskopi 30 yoshda“Masalan, bir ko’zni yumsangiz chuqurlikni idrok etish pasayadi. Ikkala ko’zdan foydalanganda detallarni yaxshiroq ko’rasiz, chuqurlik idroki oshadi. Teleskop interferometri bizga planetar sistemalarni yaxshiroq ko’rish imkonini beradi”, - deya tushuntiradi Michigan universiteti professori Syuzan Lepri.
Observatoriyadagi to’rt teleskopni nafaqat alohida ishlatish mumkin. Ular birgalashib gigant interferometr vazifasini bajaradi.
“Quyosh va planetar tizimlar qanday shakllanganini tushunishni istaymiz. Biz bu yerga qanday va nima uchun kelib qoldik, degan savolga javob izlayapmiz”, - deydi Lepri.
Michigan universiteti professorining aytishicha, olisdagi sayyoralarni ko’ra olishning o’zi ulkan qadam. Odamzot o’zga quyosh tizimlariga sayohat qilishiga hali ancha bor, deydi u.
Buni ham ko'ring Fazo yangiliklari: Oyda konchilik, qora tuynuk, samodagi ohanglarYana bir yangilik – Sahroi Kabirda boshlangan qum bo’roni Karib dengizi mintaqasi, xususan AQSh janubi-sharqigacha yetib keldi.
Bo’ronlar yozda odatiy hol, lekin meteorologlar bunday quyuq chang so’nggi 50 yilda kuzatilmaganini aytishmoqda. Sahro qumlari bilan plyajlar shakllanadi.
Shuningdek, AQSh Fazo boshqarmasi Quyoshning 10 yil davomida muntazam suratga olingan videosini taqdim etdi. Unda har bir soniya – bir kun degani. Uni yaratishda yuqori rezolyutsiyali 425 millionta surat ishlatilgan.
Quyosh - 10 yillik tasvirlar: