Ko’klam ne’matlari ham shifobaxsh, ham tansiq masalliq.
Markaziy Osiyoda bahor. Keksalar aytganidek, “ilik uzildi” davrida shifobaxsh giyohlardan tandirda ko’k somsa yopish qadimdan qolgan odat.
Momolarning aytishicha, erta ko’klamdan behi gulini to’kib bo’lguncha (bu 30 kuncha davom etadi) ming dardga shifo mahalliy dorivor giyohlar – yalpiz, qoqi o’t, otquloq, ko’zchumchuq, jag’-jag’, zubturum, matinj, sassiqkavarak singari o’tlardan tayorlangan ko’k somsa, chuchvara singari taomlar uzoq qishdan so’ng horigan inson taniga quvvat beradi, qonni yangilaydi.
Bahorda yuzdan ortiq nomdagi shifobaxsh giyohlar unadi, lekin keyingi yillarda aholi punktlariga yaqin joylarda ularning turlari kamayib ketgan.
Mahalliy tabiblarning ta’kidlashlaricha, tog’ va dala giyohlaridan pishirilgan masalliqlarni erta bahorda tanavvul qilgan ma’qul, kechkisi aksincha, organizmga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, giyohlardan qilinadigan bahor masalliqlariga odam 3-4 bor to’ysa kifoya deyishadi, haddan ortiq iste’mol ham aks natija berishi mumkin.
Odatda ko’k somsani o’bdon qizdirilgan tandirda yopib olishadi, o’tin albatta go’zapoya yoki tut novdalaridan bo’lishi kerak. Uning ham tafti baland, ham ko’mir singari is gazi chiqarmasligi sabab, giyohlarning shifobaxsh quvvatiga ta’sir o’tmaydi.
Eskidan qolgan udum kabi, har safar o’zbek xonadonida kelinlar ko’k somsa uchun surpa-taxta yoyar ekan, oq un oldida albatta keksa onaxonlar uzundan-uzoq duo qilishadi, yaratgandan kelasi bahor quyoshiga yetkazishni so’rashadi.
Erta ko’klamda terilgan shifobaxsh giyohlar hech qachon xonadonda ortib qolmaydi, chaqqon kelinlar somsa zuvalasidan qolganlarini va suvini darhol yangi xanir qorib patir uchun ishlatishadi. Bu kichik-kichik patirlar to’yimliligi va mazasi bilan somsadan o’tsa o’tadiki, also qolishmaydi.
Ba’zilar, darmon dori giyohlardan tayorlangan tandir somsa yoki qovurdoq chuchvaraga qo’chqorning kart dumbasidan kesib solishadi, savdoda uning bozori juda chaqqon bo’lsada, bu ayrim guruh odamlarga tavsiya qilinmaydi.
Tandirdan yangi uzilgan ko’k somsaning oldini birinchi galda keksalarga ilinishadi, so’ng albatta qo’shnilarga ham ulashadilar. Shifobaxsh giyohlardan qilingan ko’klamgi har qanday masalliq bu mintaqada tandir yoki o’choqda olov gurillagan o’sha bir xonadonningina ovqati bo’lib qolmagan. Tayyorlangan har qanday taom-maslliq albatta ko’pchilikning rizqi hisoblangan. Bu - o’zbekning ro’zg’or tutishda ming yillardan beri qonida qolib kelayotgan o’ziga xos uslub-odoblaridan biridir.