AQSh jurnalist Solijon Abdurahmonovni ozod etishga undadi

  • Amerika Ovozi
3-may, Matbuot erkinligi kuni oldidan Vashington o'zbekistonlik jurnalist Solijon Abdurahmonov taqdiriga e'tibor qaratmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Davlat departamenti matbuot kotibi Patrik Ventrell jurnalist Solijon Abdurahmonov haqida


U 2008-yilda yonidan qoradori topilgani haqidagi ayblov bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Keyinroq unga hukumatga qarshi faoliyat aybi ham qo'yilgan.

"Abdurahmonov mamlakatda korrupsiya hollarini xolisona yoritgan, dehqonlar huquqlari oyog'osti qilinayotgani, iqtisodiy muammolar haqida ochiq gapirgan", - dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Patrik Ventrel bugungi brifingda.

Yaqinda Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi delegatsiyasi Abdurahmonovning holidan xabar olish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi.

Ammo hukumat bunga yo'l qo'ymagan, deydi Ventrel.

AQSh hukumati O'zbekiston rahbariyati bilan yaqinda o'tkazgan muloqotida jurnalist masalasini ko'tarib, uni ozod etishga undagan.

Qo'shma Shtatlar O'zbekiston hukumati va dunyo rasmiylarini so'z va matbuot erkinligini e'zozlashga, inson huquqlarini hurmat qilishga, jurnalistlar erkin ishlashi uchun sharoit yaratishga chaqiradi, deydi Ventrel.​

Solijon Abdurahmonov "Amerika Ovozi" va "Ozodlik" muxbiri bo'lib ishlagan. Tanqidiy-tahliliy maqolalar yozib tanilgan.

http://www.youtube.com/embed/0q32ttgO03s