Los-Anjelesda fotograflar kundalik hayot va zamonaviy san’atni xatlab borayapti. Ervin Resinos ana shundaylardan.
U shaharning tor ko’chalari, uzun-qisqa binolar va mashinalarni suratga oladi. Xo’sh, buning ahamiyati nimada?
Ervin Resinos antiqa avtomobillarni suratga olayapti. Bu mashinalar shunaqa pastak qilib yasalganki, tubi yerga tegay-tegay deb turadi.
Los-Anjeles latino avtomobil ishqibozlari jamoasining ijod mahsuli bu – Resinos ish jarayonini bitta qoldirmay tasmaga tushirib borayapti. Suratlarni “Snapshot Galleria” saytida tomosha qilsa bo’ladi.
“Avtomobil shovvozlari tuzgan bu klublar 50-60 yoshini qarshilayapti. O’z an’analari, tarixi bor”, - deydi u.
Bu mahallani graffitichilar, devorga rasm chizadigan ustalar, bezab chiqqan. Graffitini tanqid qiluvchilar, bezorilar ishi, deb ataydiganlar kam emas, ammo bugun bino egalari bunga o’zlari ruxsat beradi.
Rangpar imoratlarning ustiga bo’yoq tortilsa, qayta yaxshi, chiroyi ochiladi, deydi ular. Resinosning aytishicha, ko’rib turganimiz mahalliy mo’yqalam ustalarining ijod namunasi.
“Suratlarga qarab kim chizganini bilasiz – mashina ishqibozlari, skeytbordchilar, o’smirlar…” - deydi u
Hatto axlat qutilarini bo’yab chiqishadi.
“Biror joyni bo’sh qo’yishmaydi. Axlat qutilarida ham san’at elementini topa olishgan, qarang!” - deydi Resinos.
Los-Anjeles ijod uchun zap joy, deb hisoblaydi Ervin Resinos. Har qadamda bir nima ro’y berib turadi – istagancha rasmga oling:
“Faqat kamera tayyor bo’lsa, kifoya”.
Yaxshi kunni ham, og’ir kunni ham birday tasmaga tushirish – vazifam, deydi fotograf.
Ervin Resinosning ijod namunalaridan biri: