Ana shu ishonch bo’lmaganida hukumat ikki yildan beri davom etayotgan agressiyaga chidamagan bo’lar edi, dedi Suriya rahbari.
Suriya prezidenti Bashar al-Assad urushda armiya qo’li baland kelishiga ishonchi komil. U bugun qurolli kuchlar kuni munosabati bilan chiqish qildi.
Ana shu ishonch bo’lmaganida hukumat ikki yildan beri davom etayotgan agressiyaga chidamagan bo’lar edi, dedi Assad.
Bu orada, Himsdagi portlashlar 40 dan ziyod odamning boshini yegan. Britaniyada asoslangan huquq tashkilotining Suriyadagi faollarga tayanib bildirishicha, talofatlar soni oshishi mumkin. O'lganlar orasida oddiy fuqarolar va askarlar bor.
Guvohlarning aytishicha, Himsda hukumat nazoratidagi mavze nishonga olindi. Bu isyonchilarning ishi ekani taxmin qilinmoqda.
Suriyadagi ixtilof 2011-yilning martida rahbariyatga qarshi tinch namoyishlar shaklida boshlanib, tez orada fuqarolar urushiga aylandi.
Mojaro 100 mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketdi. Millionlab fuqarolar uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.
Ham armiya, ham isyonchilar bir-birini kimyoviy qurolni ishga solganlikda ayblab keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, xalqaro delegatsiya tez orada Suriyaga safar qilib, ommaviy qirg’in quroli qo’llangani taxmin qilinayotgan uch shaharni ko’zdan kechiradi.