Suriyadagi so'nggi xuruj al-Qoida bilan aloqador guruh ishi

  • Amerika Ovozi

Suriya, oktabr, 2013

Damashq yaqinidagi portlash va poytaxt atrofida ketayotgan janglarda 16 askar halok bo’lgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-oktabr, 2013


Bir avtomobil portlatilgan. Bu al-Qoida bilan aloqador Nusra Fronti deb nomlangan guruh ishi, deya qayd etmoqda Suriya Inson huquqlari markazi, Londonda asoslangan mustaqil organ. Lekin bu harakatning o’zi hujum haqida og’iz ochmayapti.

O’tgan yili Suriyada garovga olingan to’qqiz livanlik ozod etilgan. Livan hukumati shunday ma’lumot bermoqda. Bu odamlar aslida Suriyaga ziyorat uchun borgan.

Fuqarolar urushi o’tgan ikki yarim yilda 100 mingdan oshiq odamning yostig’ini quritdi. Millionlab suriyaliklar boshpanasiz, sarson-sargardon.