Xalqaro hamjamiyat e’tibori Suriyadagi kimyoviy qurollarda. Lekin an’anaviy aslaha ham o’n minglab odamlarning hayotiga zomin bo’ldi. Urush davom etarkan, tank va boshqa og’ir qurollar hamon ishga solinmoqda.
Suriyalik faol Soad Hadya bugun vatanini tark etgan. Majbur bo’ldim shunga, deydi u. Lekin urush dahshati hali ham unga tinchlik bermaydi.
Soad Hadya G’uta shahrida yashagan. Kimyoviy qurollar ishlatilishidan sal oldin u yerni tark etgan. BMT 21-avgustdagi qatliomni tekshirib chiqmoqda.
Bu yaxshi, BMT izchil o’rgansin, javobgarlar jazolsansin, deydi Soad Hadya. Lekin boshqa qurollar bilan amalga oshirilayotgan xunrezliklar-chi? 100 mingdan oshiq odamning o’limiga, asosan, an’anaviy vositalar sabab-ku, axir.
“Qotillik bu qotillik. Kimyoviymi yoki oddiy, yerdanmi yo osmondan, baribir o’ldiradi. Yoppasiga qiradi yoki bittalab nishonga oladi. Bolalarimiz o’lib yotibdi. Dunyo esa qarab o’tiribdi. Jonimizning hech kimga qadri yo’q”,- deydi suhbatdosh.
Soad Hadya qochqinlar soni oshib borayotgani ham dolzarb muammo deydi. Amerika urush ochmay diplomatik chora ko’rayotganidan u mamnun.
Suriya prezidenti Bashar al-Assadni kimyoviy qurol ishlatgani uchun jazolashning o’zi yetmaydi, deydi u, u ketishi shart.
Lekin ko’plab arablar nazarida Suriyadagi fuqarolar urushiga aralashish xato bo’ladi. 20 yoshli suriyalik, Ayman ismli yigit nazarida, Yaqin Sharq tashqi kuchlar va ularning do’qidan to’yib ketgan.
“Arablar Amerika kelishini xohlamaydi. Lekin ahvolimiz voy. Qatliomlar davom etmoqda. Yordam kerak bizga. Lekin AQSh harbiy chora ko’rishini xohlamaymiz”,- deydi Ayman.
Qo’rqinch shuki, Amerika harakati bilan mintaqada urush boshlanib ketishi mumkin. Jangari kuchlar o’zi shuni kutib yotibdi, deydi bu yosh faol. Eskpertlar ham shunday fikrda.
“Assadga qarshi qilichini qayrab o’tirgan ekstremist to’dalar juda ko’p. Ular haqida yaxshi bilmaymiz va shunisi aniqki, hujumning oqibatlari dahshatli bo’lishi mumkin, hozirgidan ham dahshatli”,- deydi arabshunos olim Kristian Donat.
Ekstremistlar borligi rost, deydi Soad Hadya, lekin ularni deb Assadning qilmishlariga ko’z yumish noto’g’ri.
“Assadga qarshi chiqayotganlarning aksariyati begunoh, diktaturadan to’ygan odamlar. Ekstremistlar ular orasida juda oz. Xalqimiz dunyodan yordam kutmoqda”,- deydi Hadya.
Jahon kimyoviy qurollarga qarshi, deydi prezident Barak Obama. Yo’q, deydi bu suriyaliklar, jahon aslida jamiki qurollarga qarshi chiqishi kerak.
Your browser doesn’t support HTML5