Amerika Suriyaga piyoda askar jo'natadi

  • Amerika Ovozi

Duma shahridagi bu hujumlarda jarohat olganlar taxminan 100 kishi. O'lganlar soni oshishi kutilmoqda.

Amerika rasmiylarining aytishicha, AQShning bir guruh piyoda askari Suriyaga safarbar etiladi. Ular muxolifatga maslahat va yordam berish bilan shug'ullanadi.

Gap chamasi 50 nafar maxsus tayyorgarlikdan o'tgan harbiy haqida ketayapti. Ular Suriya shimolida "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi olishayotgan koalitsiyaga qo'shiladi.

Bu orada, Suriya hukumati poytaxt yaqinida isyonchilarning manzillarini bombardimon qilib, natijada kamida 40 odam nobud bo'lgan.

Bu haqda Suriyadagi ahvolni kuzatayotgan inson huquqlari guruhi ma'lum qilmoqda. Duma shahridagi bu hujumlarda jarohat olganlar taxminan 100 kishi. O'lganlar soni oshishi kutilmoqda.

Havo hujumlari juma ertalabdan peshinga qadar davom etgan.

Duma tevaragida muxolif kuchlar va armiya bot-bot o'q almashib keladi. Hudud isyonchi kuchlar qo'lida.

Armiyaning havodan amalga oshirgan hamlalari oqibatida shaharda ko'plab oddiy fuqarolar jon bermoqda. Avgust oyida, masalan, bozorga qilingan raketa hujumi 112 kishini, asosan, tinch fuqaroni hayotdan olib ketdi.

Suriyadagi urush 2011-yildan beri 250 ming odamning boshini yedi.

Your browser doesn’t support HTML5

Urushlar va qochqinlar