Suriya: Hims shahrida minglab odam urush maydonida qolib ketgan

  • Amerika Ovozi

BMT mashinalari Himsga yo'l olmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriyaning Hims shahrida jangarilar bosib olgan hududlarga yordam yetkazish harakatida.

Minglab aholi u yerlarda oziq-ovqatsiz, dori-darmon va eng zarur vositalarsiz qolib ketgan, deydi tashkilot xodimlari.

Minglab odam shu kungacha evakuatsiya qilingan. Lekin bu paytda ham janglar to’xtamagan.

Hims bir yildan beri qamalda. BMT hukumat va u bilan olishayotgan isyonchi guruhlarni insonparvarlik yordami uchun yo’l ochishga chaqirmoqda. Xalqaro ishchilarga o’q uzish jinoyat, deya eslatmoqda gumanitar masalalar bo’yicha bosh vakil Valeri Amos.

Prezident Bashar al-Assad Himsda qo’shinlar uch kunlik tanaffus e’lon qilishi mumkinligi haqida aytgan.

2011-yilning martida boshlangan qo’zg’olon qonli tus olib, fuqaro urushiga aylandi. Shu kungacha 130 mingdan oshiq odam nobud bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 8-fevral, 2014