Suriya Isroil hujumini tan olmoqda

  • Amerika Ovozi
Ba’zi razvedka xabarlariga ko’ra, Isroil aviatsiyasi bugun saharda Suriya poytaxti Damashq yaqinidagi qurol omboriga hujum qilib, Eronda tayyorlangan va Livandagi Hizbulloh jangari guruhiga atalgan raketalarni (Fatoh-110) yo’q qilgan. Bu jumadan beri ikkinchi shunday hujum.

Suriya davlat matbuoti esa Isroil harbiy tadqiqot markazini nishonga olgani haqida xabar bermoqda. Isroil inshootga yanvar oyida ham hujum qilgan edi, deyiladi Suriya matbuotida.

Unda aytilishicha, Isroil o’z hujumlari bilan terrorchilar ruhini ko’tarmoqchi. Suriya hukumati unga qarshi kurashayotgan isyonchilarni terrorchi deb ataydi.

Isroil Suriyaga qarshi havo hujumlari haqidagi xabarlarni izohsiz qoldirgan.
AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Isroil o’zini Hizbulloh kabi guruhlardan himoya qilishga haqli.

Ma’lumki, Hizbulloh shia guruhi bo’lib, Eron va Suriya bilan hamkorlik qiladi.