Prezident Barak Obama Oq uyda AQShning ikki yetakchi senatori bilan uchrashib, ular bilan Suriya masalasida fikr almashdi.
Obama Suriya hukumatini aholiga qarshi zaharli gaz qo’llaganlikda ayblab, uni havodan o’qqa tutish rejasi haqida o’ylanar ekan, avval Kongress bilan maslahat qilishini aytgan.
Respublikachi senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem prezident Bashar Assadning ashaddiy tanqidchilari bo’lib, Oq uydan qat’iy chora ko’rishni talab qilib keladi.
Makkeynning aytishicha, Suriyada fuqarolik urushi Yaqin Sharqni o’z domiga tortib, Iroqni Al-Qoida inisiga aylantirmoqda.
Senator Grem nazarida fuqarolik urushida Assad armiyasining qo’li baland kelar ekan, mojaroga siyosiy yechim topib bo’lmaydi.
Senatorlar Obama ma’muriyatini Suriya hukumatiga qarshi ertaroq chora ko’rmaganlikda, isyonchilarni qurollantirmaganlikda aybladi. Ular nazarida Rossiya va Eron ikki yildan beri Suriya armiyasini qurollantirib kelgan.
Obama harbiy zarba berishdan oldin rejasini Kongressda tasdiqlatmoqchi. Seshanba kuni Senat Tashqi aloqalar qo’mitasida mavzu bo’yicha tinglovlar o’tkazila boshlaydi.
Assad Fransiyaning “Le Figaro” gazetasiga bergan intervyusida kimyoviy qurol bilan bog’liq ayblovlarni mantiqsiz, dedi. Uning aytishicha, Suriyani kimyoviy hujumda ayblayotgan AQSh va Fransiyada dalil yo’q. Assad nazarida Suriyaga qarshi hujum mintaqaviy urushga turtki berishi mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar bilan shug’ullanuvchi idorasiga ko’ra, Suriyani tark etayotgan odamlarga yordam uchun 250 million dollar kerak. Ammo hozirda bu pulning 70 million dollari olingan.
Bu o’rtada rossiyalik qonunchilar Vashingtonga borib, amerikalik hamkasblarini Suriyaga qarshi urush rejasini yoqlamaslikka chaqirmoqchi. Prezident Vladimir Putin Federatsiya Kengashi va Dumaning bu qarorini qo’llab-quvvatladi.
Kengash raisasi Valentina Matviyenko va Duma spikeri Sergey Narishkin Putin bilan uchrashuv chog’ida BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz Suriyani o’qqa tutish rejasiga qarshi ekanini bildirgan.
Putin nazarida Suriya hukumatining isyonchilarga qarshi kurashda qo’li baland kelayotgan bir paytda kimyoviy quroldan foydalanish ahmoqlik bo’lar edi.
Your browser doesn’t support HTML5