Amerika: Suriyadagi urushni urush bilan hal etib bo'lmaydi

  • Amerika Ovozi

Doha, 22-iyun, 2013

Qatar amirligi va Amerika Suriya yuzasidan bir fikrda emas.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 22-iyun, 2013


Bugun Dohada AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Qatar Bosh vaziri Shayx Hamad bin Jassim al-Taniy turlicha pozitsiyalarni tushuntirdi.

Qatar nazarida Suriyadagi mojaroni faqat kuch bilan hal etish mumkin.

Amerika esa Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan kuchlarga yordamni oshirmoqda, ammo vaziyatga o’zi bevosita aralashmoqchi emas. Masala yechimi muzokaralarda, deydi Kerri.

Dohada “Suriyaning do’stlari” nomi ostida anjuman o’tmoqda.

AQSh va Britaniya Suriya hukumati va isyonchilarning vakillari Jenevada uchrashib, muloqot qilsin degan g’oyani olg’a surmoqda. Fuqaro urushi ketayotgan ekan, tomonlar to’g’ridan-to’g’ri gaplashsin, deydi Kerri.

Yevropa Ittifoqi va ko’plab arab davlatlari, jumladan Misr ham bu taklifni olqishlamoqda.

Rossiya nazarida esa Amerika isyonchilarni qurol bilan ta’minlab, olovga moy sepmoqda. Prezident Vladimir Putin deydiki, Bashar al-Assad hokimiyatdan ketsa, uning o’rniga keladigan odam noma’lum.

“Kim keladi? Balki terroristlar”, - deydi Putin.