Suriyada isyonchilar qo'mondoni o'lgan

  • Amerika Ovozi

Suriyalik isyonchilar Halabda

Suriyalik isyonchilar shimoldagi Halab shahrida o’tgan hafta yaralangan qo’mondonlaridan birining vafot etganini ma’lum qilmoqda. Abdul Qodir Solih Al-Tavhid islomiy brigadasini boshqargan.

U payshanba kungi hujumda yaralanib, muolaja uchun Turkiyaga yetkazilgan edi. Guruh safida sakkiz ming jangchining borligi aytiladi.

Bu o'rtada Suriya tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Faysal Maqdad yetakchiligidagi delegatsiya Moskvaga yo’l olmoqda. Tomonlar Suriya bo’yicha uyushtirilayotgan tinchlik anjumani xususida gaplashadi.

O’tgan hafta Suriya prezidenti Bashar Assad ham shu mavzuda telefon orqali Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan fikr almashgan.