Lavrov: “Rossiya hech vaqt Assadni yoqlagan emas”

  • Amerika Ovozi

Ozod Suriya armiyasi jangchisi safdoshining jasadini olib ketmoqda

“Rossiya hukumati Suriya prezidenti Bashar al-Assadni hech vaqt qo’llab-quvvatlagan emas”.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun shunday bayonot bilan chiqqan.

Moskva bu mojaroda tarafkashlik qilmadi, biroq ayrim davlatlar Rossiyaning pozitsiyasini noto’g’ri talqin qilib keladi, deydi u.

“Suriya hukumatini yoqlamaganmiz. Jeneva bitimiga muvofiq, muvaqqat rahbariyatni shakllantirish, mamlakatda ahvol yaxshilanishiga xizmat qilish, Suriya xalqi o’z taqdirini o’zi hal qilishiga ko’maklashish, mana shu bizning maqsadimiz”, - deydi Lavrov.

Bosh vazir Dmitriy Medvedev kechagi chiqishida Assad ma’muriyati demokratik islohotlarni kechiktirib, mudhish xatoga yo’l qo’ydi, degan.

Prezident hokimiyatda qolishi gumon, deydi Rossiya bosh vaziri.

Moskva rasmiy Damashqni uzoq yillar qurol-aslaha bilan ta’minlab, BMT Xavfsizlik Kengashida Assadni qoralovchi rezolyutsiyaga veto qo’yib keladi.