Qo’shma Shtatlar Rossiya Suriyani qurol bilan ta’minlashda davom etayotganidan afsusda va Moskvaga bu borada qanchalik norozi ekanini bildirmoqda.
AQSh bosh harbiysi general Martin Dempsi so’zlari bilan aytganda Rossiya qarorlari “bemavrid” va “noo’rin”.
Suriya bu mamlakatdan kemalarni cho’ktiradigan raketalar sotib olgan. Yangi turdagi bu qurollar, deydi Kreml rasmiylari, Suriyaga mojarolar boshlanishidan oldin va’da qilingan va Rossiya o’z majburiyatini ado etmoqda xolos.
“Shartnoma shu edi va biz bu vositalarni Bashar al-Assadni hokimiyatda saqlab qolish uchun berayotganimiz yo’q”, - deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Prezident Vladimir Putin yaqinda AQSh rahbari Barak Obama bilan telefonda so’zlashdi. Britaniya va Isroil rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Ularning barchasida Suriyaga nisbatan birgalikda chora ko’rish haqida gap ketgan edi.
G’arb shu bois Rossiyaning bu qadamlarini qoralamoqda.
Kelasi oy xalqaro tinchlik anjumani o’tishi kutilmoqda. Rossiya va AQSh unga yetakchilik qiladi. Eron bu sammitda qatnashmoqchi. Lekin Fransiya keskin qarshi. Rossiya Eron tomonda. Amerika hozircha bu borada biror qarorga kelmagan.
Your browser doesn’t support HTML5