Suriya aholisi so'nggi besh yilda ilk bor urushni bir zumga unutdi.
BMTning Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura sulhning birinchi kunidan qoniqqanini aytadi. Suriya muxolifati qoshidagi Oliy muzokara qo'mitasiga ko'ra, Suriyadagi fuqarolar urushida qatnashayotgan 97 ta guruh harbiy harakatlarni to'xtatishga so'z bergan.
Biroq hukumat kuchlari va isyonchilar o'rtasida sulh kuchga kirganiga qaramay, yakshanba kuni olti qishloq o'qqa tutilgani xabar qilinmoqda. Zarbalar havodan berilgan, samolyotlar kimga qarashli ekani ma'lum emas.
Rossiya harbiylari so'nggi 24 soat ichida sulh to'qqiz bor buzilganini ta'kidladi.
AQSh va Rossiya vositachiligida erishilgan sulh "Islomiy davlat" va Jabhat al-Nusra terrorchi guruhlariga nisbatan qo'llanmaydi.
AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, "Islomiy davlat" Suriyada hududlarni boy bermoqda, ta'siri zaiflashmoqda.
De Mistura sulh 7-martga Jenevada rejalangan tinchlik muzokaralariga qadar amal qilishiga umid qilmoqda.