Birlashgan Millatlar Tashkiloti taxminiga ko’ra, Suriyada so’nggi ikki yildan beri davom etayotgan zo’ravonliklarda 93 ming odam o’lgan. Biroq qurbonlar soni aslida bundan-da ko’p bo’lishi mumkin, deyiladi BMTning Inson huquqlari idorasi bayonotida. Hukumatga qarshi namoyishlar keyinchalik fuqarolik urushiga aylangan.
Hisoblarga ko’ra, o’tgan yil iyulidan boshlab har oy besh mingdan ziyod odam nobud bo’lgan. BMTning Inson huquqlari bo’yicha oliy komissari Navi Pillayning aytishicha, so’nggi bir yilda vaziyat keskin yomonlashgan.
Hisobotga ko’ra, Suriya mojarosida 6500 bola o’lgan. Ayrim hollarda bolalar qiynoqqa solingan, oilalari bilan birga otilgan.
Kecha AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg Vashingtonda uchrashib, Suriya masalasini muhokama qilgan.
Kerrining aytishicha, prezident Bashar Assad Hizbulloh va Eron bilan hamkorlik qilgani muxolifat ahvolini og’irlashtirmoqda va Qo’shma Shtatlar suriyalik isyonchilarga yordam berish yo’llarini o’ylab ko’radi.