Suriya: AQSh muxolifatni quvvatlab, ikkiyuzlamachilik qilmoqda

U.S. Army Brigadier General Harold J. Greene,  the two-star Army general who was the highest-ranking U.S. military officer to be killed in either of America's post-9/11 wars. He was an engineer who rose through the ranks as an expert in developing and fielding the Army's war material.

Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid al-Muallim deydiki, Qo’shma Shtatlar vijdonsiz davlat.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 2-mart, 2013


Vijdoni bo’lganida, deydi u bugun Bayrutga qilgan safari chog’ida, Suriyaga qarshi kurashayotgan muxolifatni quvvatlamagan bo’lar edi.

Vashingtonga ko’ra, bu yordam xalq tinchligi va manfaatlarini ko’zlaydi. Damashq nazarida esa muxolifat - jangari kuchlar, terroristlar va ular Suriya xalqiga qarshi qurol ko’targan.

Oppozitsiya esa aynan hukumatga qarshi kurashayotganini, Bashar al-Assadni hokimiyatdan ag’darish asosiy maqsad ekani, muxolif kuchlar safidagilar oddiy fuqarolar, tuzumdan to’ygan insonlar ekanini aytadi.

Bu hafta AQSh Suriya muxolifatiga 60 million dollarlik noharbiy ko’mak uzatishga qaror qildi. Yevropa Ittifoqi ham madadni oshirish harakatida.

Suriyadagi jangari kuchlar yetakchisi Salim Idris esa Amerikadan qurol-aslaha so’ramoqda. “Bizga non va bint emas, qurol kerak”,- deydi u.

Rossiya bir tomondan AQSh bilan hamfikr ekanini aytsa, ikkinchi tomondan esa hamon Bashar al-Assadni quvvatlamoqda. Kreml fikricha mojaroga umuman aralashmaslik kerak.

G’arb ta’biricha, ikki yildan beri davom etayotgan urushga barham berish xalqaro hamjamiyatning vazifasi. Bashar al-Assad yo hokimiyatdan ketishi yo muxolifat bilan til topishishi kerak.

“O’z xalqini qirayotgan tuzum qonuniy tuzum emas. Suriya ahli rahbardan to’yganini ochiq aytmoqda va Assad rejimi bu haqiqatni tan olsin, aks holda dunyo ahli qarab turmaydi”,- deya ogohlantirmoqda Jon Kerri, AQSh Davlat kotibi.

Suriyaning qo’shnisi Turkiya ham shu fikrda. Qo’l qovushtirib o’tirish insoniylikdan emas, deya bildiradi rasmiy Anqara.

Shu kungacha bu mojaro 70 ming odamni hayotdan olib ketdi.