AQSh Suriya razvedka rahbari va prezident yaqinlariga sanksiya qo’ydi

AQSh Suriya razvedka rahbari va prezident yaqinlariga sanksiya qo’ydi

Suriya hukumati namoyishlar o’chog’i – janubdagi Deraa shahriga harbiylarni safarbar etdi.

Ko’chalarda tank va zirxli mashinalar, o’q ovozlari quloqqa chalinadi.

Bashar al-Assad hukumatiga qarshi g’alayonlar tobora qonli tus olmoqda. Rastan va Deraa shaharlarida kecha 62 kishi halok bo’lgan.

Poytaxt Damashq va mamlakatning boshqa nuqtalarida ham kecha juma namozidan so’ng yirik namoyishlar bo’lib o’tdi.

AQSh Suriya razvedka rahbari va prezident yaqinlariga sanksiya qo’ydi

“Aholi qo’rquvda, Deraa shahri qamalda”, - deydi faollardan biri Xolid al-Ixtiyor “Amerika Ovozi” bilan suhbatda. “Ko’chalar jasadlarga to’lib ketgan, lekin hech kim uyidan chiqmayapti”.

Inson huquqlari tashkilotlari hisobicha, qo’zg’olon 15 mart kuni boshlanganidan beri Suriyada 500 fuqaro otib o’ldirilgan.

BMT Inson huquqlari kengashi bu borada tergov boshlagan. Jenevadagi majlisda qo’zg’olon shafqatsiz bostirilayotgani qoralanib, rezolyutsiya qabul qilindi.

AQSh Suriya razvedka rahbari va prezident yaqinlariga sanksiya qo’ydi

Qo’shma Shtatlar Suriya razvedkasi rahbari Ali Mamluk va prezident Bashar al-Assadning yaqinlariga sanksiya qo’ydi.

Prezident Barak Obama imzolagan hujjatda ayitilishicha, Mohir al-Assad, prezidentning akasi va armiya qo’mondoni, namoyishlarni bostirishda yetakchilik qilgan. Uning jiyani Atif Najib esa yaqingacha Deraa shahrining Siyosiy Xavfsizlik idorasini boshqargan.

“Suriyada zo’ravonlik shu zayl davom etsa prezident al-Assadni ham ro’yxatga qo’shamiz”, - deydi Davlat departamenti vakili Jeyk Sullivan.

Obama ma’muriyati nazarida, Suriyaga xalqni ezishda astoydil yordam berayotgan – Eron. Bu davlat Inqilobiy Gvardiyasi a’zolari ham yangi sanksiyalar bilan jazolanadi.

Bu shaxslarning Amerikadagi mulki va bank hisob raqamlarini muzlatish qarorini effektiv chora deb ta’riflash qiyin va rasmiylar buni tan oladi. Yevropa Ittifoqidan ham Suriyaga bosim o’tkazish so’ralmoqda.