Suriyaning ikki sohilbo'yi shahri bir necha xurujlardan larzaga keldi. Kamida 100 kishi nobud bo'lib, o'nlab odamlar jarohatlangan.
Hukumat kuchlari nazoratidagi Jabla shahrida to'rt portlash yangragan. Uch raketa shahardagi avtobus bekatiga kelib tushgan. 53 odam o'lgani ma'lum, deya bildiradi Suriya faollari.
Yana uch portlash Tartus shahrida sodir etildi. Bu safar ham gavjum avtobus bekati nishonga olingan. Xususan, bir odam bekat yonida o'zini portlatdi, deya xabar qiladi "Sano" axborot agentligi.
Ketidan mashina portlab gumburlagan. Voqea 48 kishining boshini yegan. Davlat matbuoti hujumlarda "Islomiy davlat" to'dasini ayblayapti.