Turkiston-Amerika uyushmasi faollari Nyu-Yorkdagi xurujni qoralamoqda

Sayfullo Soipov Nyu-Yorkda sodir etgan xuruj Amerikadagi ko’plab o’zbeklarni larzaga soldi. Ular bu jinoyatni qoralarkan, Soipovning qilmishi o’zbeklarning AQShdagi obro’siga, o’zbeklar haqidagi tasavvurga putur yetkazishidan tashvishlanmoqda.

“Amerika Ovozi” Nyu-Jersi shtatining Dover shahrida joylashgan Turkiston-Amerika uyushmasida bo’lib, uning faollari va a’zolari bilan Manxettendagi xuruj va uning o’zbek jamoasiga ta’siri haqida gaplashdi.

Jamiyatning ko’p yillik raisi Abdulla Ho’ja voqeaga munosabat bildirdi.

Nyu-Jersida salkam 20 yildan beri yashab kelayotgan Anvar Nazirov Soipov va u kabi insonlarning bunday ishga qo’l urishiga yetaklovchi omillar xususida munozara qildi.

AQShga birinchilardan kelgan Hoji Muhammad Ayoz Soipovni odam qiyofasidagi jonivor deb atadi.

Turkiston-Amerika jamiyatining ko’p yillik faoli Vohid Sobiriy AQSh Prezidenti Donald Trampning Nyu-Yorkdagi xurujdan so’ng grin-karta lotereyasini yopish qarorini izohladi.

Raqqosa Zamira Salim bir odamning qing’ir ishi butun xalqni yomonotliqqa chiqarishiga ishonmaydi.