Tojikistonda norasmiy ma’lumotlarga qaraganda 2 millondan ortiq o’zbek istiqomat qiladi.
Mustaqillikdan so’ng ular O’zbekistondagi katta adabiy san’at muhitidan ajralib qolgan, lekin bu ramziy... Taniqli o'zbek san’atkorlari Tojikistonda ijodiy safarlarda bo’ladi. Radio-televideniye ham o’rtadagi bo’shliqni to’ldirib kelmoqda.
Tojikistonning o'zida o’zbeklari shimol va janubga bo’linib qolgandek. Oradagi axborot almashinuvi faol emas. Janubda o’zbek adabiy muhiti o’z yo’lida, shimolda esa o’z yo’lida. Bunu joylarda ijodkorlarning o'zi ta’kidlaydi.
Tojikiston yozuvchilar uyushmasi Sug’d viloyat bo’limi o’zbek seksiyasi, o’zbeklarning mustaqil jamoatchilik tashkilotlari omma va ijodkorlar o’rtasidagi aloqani jonlantirish maqsadida shu yilning o’zida yigirmadan ortiq tadbirlar o’tkazdi.
Sug’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi harakati bilan o’ttizdan ortiq o’zbek ijodkorlari va olimlarining ellikdan ortiq kitoblari nashr etildi, ijodiy-xotira kechalari, kitob taqdimotlari tashkil etildi.
Tojikiston shimoliida asarlari turli davriy nashrlarda chop etilayotgan uch yuzdan ortiq o’zbek ijodkorlari qaydga olingan.
Shoirlar Sharifjon Nuriddinov, Munavvara Oymatova, Odil Ikrom, Orifjon Gafurov, Dilmurod Hojimurodov, Latofat, Zulayho Bonu, Munaraxonim, yozuvchilar O’rinboy Usmon, Ahli Rasul Muhammad, Veneraxonim, Yusniniso Ahmedova, Soliha Olimova, Abdurasul Habibov, san’atkorlar Jo’rabek Murodov, Qodirjon Mirashurov singarilar el orasida tanilib, yoshlarga murabbiylik qilib kelishmoqda. Ba’zi ijodkorlar turli sabablar bilan yaqin va uzoq chet ellarda yashab qolishayotgan bo’lsalarda, ijodlari vatanda chop etilmoqda.
Tojikistondagi yagona Shukur Burxonov nomli o’zbek musiqali drama teatri bugungi kunda mahalliy ijodkorlarning asarlarini sahnalashtirib kelmoqda, hofizlarni elga tanitmoqda.
Xo'jand shahrida yaqinda respublika shimolida yashab ijod etayotgan o’zbek yozuvchi, shoir, san’atkor va olimlarining Nazm va Navo kechasi katta tantana bilan tashkil etildi. Tadbirni viloyat hukumati ko’magida yozuvchilar uyushmasi, o’zbek nodavlat tashkilotlari muhtasham Yoshlar qasrida o’tkazdi. Unda O’zbekiston va Qirg’izistonda yashab ijod etayotgan tojikistonlik o’zbek ijodkorlari ham ishtirok etishdi.
Adiba Husniniso Ahmedovaning fikricha, bunday tadbirlar tez-tez va mumkin qadar respublika miqyosida o’tkazilishi zarur.
Keyingi yillarda respublika o’zbek ijodkorlari orasida ham mahalliychilik va guruhbozlik seziladi. Bunday illat bo’lmasligi uchun, ijodkorlar har qanday adovat va shaxsiy g’arazlardan chetda bo’lishlari, birlashuv uchun hukumat idoralari va rasmiylar og’ziga qarab qolmasliklari kerak, deydi Husniniso Ahmedova.
O’zbekistonda lotin alifbosiga o’tilganidan so’ng, darsliklar va badiiy kitoblar ham o’sha grafikada chop etila boshlagach Tojikiston o’zbeklari mintaqada ajralib qolgandi. Bunday muhitda Tojikistonda tub o’zbeklar adabiy muhiti siqiq holatda qoladi, deydi mahalliy ijodkorlar.
Ularning umidi shuki, chekka qishloqlik ijodkorlar va ziyolilar ishtirokida markaziy shaharlarda tadbirlar o’tkazib turish odat tusiga kiradi.