Toshkent viloyatida zilzila

  • Amerika Ovozi

Toshkent

25-may kuni erta bilan 3:18 da O’zbekistonda zilzila yuz bergan. AQSh Geologiya agentligiga ko’ra, 5-6 bal orasida kechgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 25-may, 2013


Silkinish markazi Toshkent viloyati Bo’ka tumanida bo’lgan. Poytaxtda ham qattiq sezilgan. Jarohat olganlar, katta zarar ko’rganlar xususida darak yo’q.

Kecha Rossiya sharqida, Saxalin orollarida yer qimirlagan, 8,2 balda. Tsunami ehtimoli haqida ogohlantirilgan. Biror odam jabr ko’rgani haqida ma’lumot yo’q.