AQShda yashayotgan ayol: Baxtli inson baxt beradi

Your browser doesn’t support HTML5

ANONS: Tennessidagi vatandosh: "Mustaqillik baxt ekan"

Muxlisa Nabiyeva Qo’shma Shtatlarga 2013-yilda magistraturada tahsil olish uchun kelgan. Virjiniya xalqaro universitetida o’qishni boshlab, keyin Tennesi shtatidagi Streyer universitetida davom ettirgan, ammo bitira olmagan. Hozir Neshvill shahrida o’zbekistonliklar bilan gavjum mahallalardan birida yashaydi.

Your browser doesn’t support HTML5

Tennessidagi vatandosh: "Mustaqillik baxt ekan"

​U O’zbekistonda Jahon tillari universitetini bitirib ish faoliyatini maktabda o’qituvchilikdan boshlagan. Shuningdek, bir necha yil Temuriylar tarixi davlat muzeyida gid bo’lib ishlagan.

Muxlisa sakkiz yildan beri farzandiga ham ota, ham ona. U to’qqiz yoshli qizini Qo’shma Shtatlarga olib kelish, tarbiyasi bilan o’zi shug’ullanish orzusi bilan yashaydi.

“Har bitta farzand xohlaydi otasining baxtli bo’lishini, onasining baxtli bo’lishini. Inson o’zi baxtli bo’lsagina boshqalarga baxt bera oladi”, - deydi u.

Muxlisa Nabiyeva ayni damda o’zbekistonliklar ochgan yuk tashish kompaniyasida dispetcher, shuningdek, “Walmart” supermarketida farmatsevtika sohasida ham ishlaydi.

“Odamning puli bo’lishi, mustaqillik juda katta baxt ekan”, - deydi olti yildan beri AQShda yashayotgan o’zbekistonlik.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerikaga o'qishga kelgan ayol hayoti