Texasdagi cherkovda qatliom, 26 kishi halok bo'lgan

  • Amerika Ovozi

Texasning bir qishlog'ida qatliom

AQShning Texas shtatidagi bir qishloq cherkovida ro'y bergan otishmada 26 kishi halok bo'lgan, kamida 20 nafar jarohatlangan. Sazerlend Springs degan bu joyda atigi 400 kishi yashaydi.

Politsiyaga ko'ra, 26 yoshli mahalliy fuqaro Devin Patrik yakshanba ibodati paytida cherkovga kirib odamlarni o'qqa tutgan. Politsiyachilar uni otib o'ldirgan. Jinoyatchi 2010 yildan 2014 yilgacha AQSh harbiy kuchlarida xizmat o'tagan. Bilrdirilishica u harbiy tribunalga berilib, xizmatdan haydalgan.

Osiyo bo'ylab safar qilayotgan Prezident Donald Tramp Texasdagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganini ma'lum qildi.

"Boston Globe" gazetasiga ko'ra, 2017-yilning yanvaridan beri Qo'shma Shtatlarda 307 ommaviy otishma ro'y bergan (to'rt va undan ortiq odam o'lgan otishmalar).

AQSh tarixidagi eng qonli otishma 1-oktabr kuni Nevada shtatining Las-Vegas shahrida qayd etilgan. Stiven Peddok ismli shaxs mehmonxonaning yuqori qavatidan o't ochib, 58 odamni o'ldirgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Qurol nega kerak?