Afg'onistondan oilasi bag'riga qaytgan amerikalik harbiylar

  • Amerika Ovozi

AQSh 2001-yil oktabrida Afg’onistonda urush boshlaganida Nyu-Yorkda joylashgan 10-Tog’ diviziyasining askarlari birinchilardan safarbar etilib, so’nggilardan evakuatsiya qilinganlar ham shular bo’ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 10-sentabr, 2021-yil

“Hazildek tuyulyapti. Go’yoki hozir kimdir yoningizga keladiyu, “hazillashdik, ortga qaytasiz, ish hali tugamadi” deydigandek”, - deydi batalyon qo’mondoni podpolkovnik Kris Rov.

Uning aytishicha, qo’li ostidagi askarlar janubdagi Hilmand viloyatidan tortib shimoldagi Mozori Sharifgacha joylashgan bazalarda, Kobuldagi “Bagram” aviabazasida xizmat qildi, so’ng xalqaro aeroport xavfsizligini ta’minlab, 120 mingdan ortiq odamning evakuatsiya qilinishida yordam berdi.

Podpolkovnikning aytishicha, so’nggi kunlarda mavhumlik hukm surdi, chunki 20 yil dushman bo’lgan Tolibon bilan ish qilishga to’g’ri keldi.

“Patrul paytida, bazalarga raketa hujumlarida ko’p askarimiz halok bo’ldi”, - deydi u.

Diviziyadan Afg’onistonga borgan askarlarning yarmi 2001-yil sentabr xurujlarini eslolmaydi yoki undan keyin tug’ilgan. So’nggi 20 yilda diviziya Iroq va Afg’onistonga 46 marta safarbar etildi.

“288 kun abadiyatday tuyuldi”, - deydi askarlardan birining turmush o’rtog’i.

“Hayajondaman. Urushga ketganida qizim 5 oylik edi. Erim ancha narsalardan qolib ketdi”, - deydi Obri Evans.