Shinavatra islohot kengashi tuzishni taklif qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Bangkokda hukumatga qarshi namoyishlar, Tailand, 25-dekabr, 2013-yil

Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etar ekan, bosh vazira Yinglak Shinavatra siyosiy inqirozni hal etish uchun milliy islohot kengashi tuzishni taklif qildi.

Shinavatra parlamentni tarqatdi, erta saylovlar belgiladi, ammo bu muxolifatni qoniqtirmadi. Namoyishchilar uning iste’fosini ham talab qilmoqda.

Yangi taklifga ko’ra, islohot kengashi 2-fevral saylovlaridan keyin keladigan hukumat bilan hamkorlikda ishlaydi, ammo uning tarkibiga kirmaydi.

Kengash a’zolari mustaqil komissiya tomonidan tayinlanadi va konstitutsion tuzatishlar, iqtisodiy islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash, saylov tizimi reformasini o’rganib, hukumatga tavsiyalarini beradi, deydi bosh vazira.

Muxolifat Shinavatraning bu taklifiga hali javob bergani yo’q. Uning rahbari Sutxep Txaugsubanning aytishicha, avval islohot, so’ng saylov o’tkazilishi kerak. Muxolifat yetakchisi saylovlarga halal berishini, uni boykot qilishini aytmoqda.