Tramp ma'muriyati C5+1 tashabbusini quvvatlaydi

  • Amerika Ovozi

Nyu-York, 22-sentabr, 2017

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson bugun Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo bosh diplomatlari bilan bir davrada o'tirib, Obama prezidentligi davrida asos solingan C5+1 tashabbusini quvvatlashii namoyon etdi.

Bu tashabbus mintaqadagi besh davlat hamkorligini oshirishda AQSh qo'ldan kelgan barcha yordamni beradi, degan ahdga asoslanadi.

Amerika uzoq yillardan beri regionni iqtisodiy jihatdan birdam bo'lishga undab keladi. Yangi Ipak yo'li tashabbusi ish bermagach, deydi ekspertlar, Jon Kerri davlat kotibi paytida unga boshqacha nom berib, mintaqa tashqi ishlar vazirlari bilan muntazam uchrashuvlar orqali integratsiyani targ'ib qilishga kelishilgan.

Vashington Markaziy Osiyoning har bir respublikasi bilan yaqindan ishlashga shay va butun mintaqa taraqqiyoti va tinchligi yo'lida hissa qo'shishda davom etadi, deydi Tillerson.

Mintaqa tashqi ishlar vazirlari va elchilari Tramp ma'muriyati bayonotlarini olqishlagan.