Tokioliklar yozgi Olimpiya o’yinlarining bir yilga qoldirilishiga munosabat bildirmoqda

  • Amerika Ovozi

Koronavirus pandemiyasi sabab Tokio Yozgi Olimpiadasi bir yilga qoldirildi. Olimpiya o’yinlari muhtasham ochilish marosimi bilan shu juma boshlanishi kerak edi, biroq musobaqa 2021-yil 23-iyuliga qoldirildi.

“O’yinlarning qoldirilgani bekor bo’lgandan yaxshiroqdir. Ko’p pul sarflandi, tayyorgarlik, hayajon katta bo’lgan. Albatta, ma’lum miqdorda pul yo’qotiladi, ammo musobaqani umuman bekor qilgandan ko’ra shunisi yaxshi”, - deydi tokiolik Naoya Xamada.

“Agar Olimpiya o’yinlari xorijda bo’lganida va men borishni rejalaganimda edi, pandemiya paytida borishdan oldin yaxshilab o’ylagan bo’lardim”, - deydi Xikaru Okubo ismli davlat xizmatchisi.

Xalqaro Olimpiya qo’mitasi prezidenti Tomas Bax o’tgan yili Tokioda bo’lganida musobaqaga tayyorgarliklarni yuqori baholagan edi.

Yaponiyada o’tkazilgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, aholining 70 foizi Olimpiya o’yinlari qoldirilishi yoki umuman bekor qilinishi kerak degan fikrda, 25 foizdan ozrog’i keyingi yilga qoldirilganini olqishlamoqda. Biroq ba’zilar koronavirus pandemiyasi kelasi yil ham muammo bo’lishini taxmin qilmoqda.