Suriyalik ko'ngilli Halabga bolalar o'yinchog'ini olib kirmoqda

  • Amerika Ovozi

Rami Adham halablik bolalar davrasida, sentabr, 2016-yil.

Qamal va havo zarbalari ostida yashayotgan Halab aholisi bolalari uchun bir suriyalik yordam qo'lini cho'zishga qaror qildi.

U shaharga yashirincha bolalar o'yinchog'ini olib kirishni boshladi.

"Dastlab, u yerdagi vaziyatni o'rganish uchun Suriyaga bordim", - deydi hozir Finlandiyada yashovchi Rami Adham.

O'sha ilk tashrifdan beri bu kishi Halabga 28 martadan ortiq tashrif buyurdi. Uning o'zi bu yerni 27 yil oldin tark etgan edi.

Shu kungacha u 20 ming atrofida o'yinchoq olib borgan.

U sentabrda qilgan so'nggi safarida Halabda ikki hafta bo'ldi. Adham dunyo bo'ylab odamlar ehson qilgan ayiqchalar, qo'g'irchoqlar va boshqa o'yinchoqlarni shu yerdagi bolalarga olib kelib tarqatadi. Shunigdek, sumkasiga sig'ganicha oziq-ovqat va dorilar ham keltiradi. U va boshqa ko'ngillilar bir kelganda 80 kg.gacha yuk olib kirishi mumkin.

Safar esa oson emas. 43 yoshli Adham, dastlab, Turkiyaga uchib, u yerdan Suriyaga piyoda chegarani kesib o'tadi. Bu esa noqonuniy. Chunki faqat rasman ruxsat olgan gumanitar tashkilot vakillarigina chegaradan o'tishi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Halab bolalariga o'yinchoq olib borayotgan kishi