Trambo - Gollivudning kommunist yozuvchisi haqida film

Your browser doesn’t support HTML5

Gollivudning kommunist yozuvchisi haqida film

Gollivudning yangi kartinasi “Trambo” deb ataladi. Delton Trambo ismli ssenariy yozuvchisining o’z erkinligi va haq-huquqlari uchun kurashi aks etgan film.

50-yillardagi Gollivud. Amerikada kommunizm va kommunistlarga qarshi tergov ishlari ketmoqda. Vakillar palatasining maxsus qo’mitasi tuzumga qarshi jinoyatlarda gumon qilib, ko’plab amerikaliklarni elakdan o’tkazmoqda. Ulardan biri mana shu ijodkor – Trambo.

Brayan Krenston uchun bu juda qudratli obraz. Erkinlikni kuylovchi, uning qadrini targ’ib qiluvchi asar bu, deydi aktyor.

“Qalami o’tkir, ijodi yuqori baholangan, Gollivudda eng ko’p pul topgan yozuvchi bir paytning o’zida Kommunistik partiya a’zosi ham bo’lgan. Vashingtonga uni chaqirishib, qasam ichtirib, huquqlarini poymol etib, qamoq jazosi bilan qo’rqitib, Amerika tamoyillariga xos bo’lmagan savollar berishgan. Kommunistik partiyaga a’zomisan yoki qachondir a’zo bo’lganmisan, deb so’roq qilishgan”, - deydi Krenston.

Trambo do’stidan dushmani ko’p ijodkor bo’lgan. 1950-yilda uni sudlashadi. Ishi, boyligi, nufuzidan ayriladi. Gollivuddan badarg’a qilinadi. Lekin Trambo kurashni davom ettiradi, iqtidorini, aqlini ishga soladi.

Kommunistlarga qarshi materiallari bilan tanilgan sharhlovchi Hedda Hopper rolini Helen Millen o’ynagan. Tramboni Gollivuddan yo’qotishga harakat qilgan shaxs.

Trambo yashirin tarzda yozgan ikki asar filmga aylanib, Oskar mukofoti oladi.

Inson iqtidori va mehnati har qanday adolatsizlikni yenga olishi mumkin.

Hajviy, falsaviy mazmundagi serqirra film Gollivud va siyosat, pul va muvaffaqiyat, tomoshabin va talab, sifat va mohiyat haqida hikoya qiladi.