AQSh Kongressi tayinlagan tergovchilar Prezident Trampning o’g’li kenja Donald Trampni yopiq eshiklar ortida Rossiyaning o’tgan yili Amerikadagi prezident saylovlariga aralashgani bilan bog’liq masala xususida bir necha soat savolga tutdi. Xususan, undan Kremlga aloqasi borligi aytilayotgan rossiyalik yurist bilan nega uchrashgani haqida so’raldi.
“Nyu-York Tayms” gazetasining yozishicha, kenja Tramp o’tgan yil iyun oyida Natalya Veselnitskaya bilan uchrashuv chog’ida otasining saylovlardagi raqibi Xillari Klintonning salomatligi haqida ma’lumot olmoqchi bo’lgan.
Uchrashuvdan natija chiqmagan, biz ruslar bilan til biriktirmaganmiz, dedi kenja Tramp.
Prezidentning o’g’lini so’roqqa tutgan senatorlardan biri Richard Blumentalga ko’ra, u Senat Adliya qo’mitasiga ham chaqirtirilib, qasamyod ostida ayni va qo’shimcha savollarga javob berishi kerak.
AQShda Rossiyaning Amerika saylovlariga ta’siri bo’yicha bir paytning o’zida bir necha tergov ketmoqda. Natijalari bir necha oyda ma’lum qilinishi kutilmoqda.