Prezident Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning amerikalik diplomatlarni Rossiyadan haydash qarorini izohlarkan, bu hol ancha pul tejashiga ishora qilib, Putinga bu qarori uchun minnatdorchilik bildirdi.
"Biz maoshlarni qisqartirib, pul tejashni ko’zlayotgan edik, ammo Putin bizga yordam qo’lini cho’zdi. Ancha pul tejaymiz”, - dedi Tramp.
Davlat departamenti xodimlari Trampning bu izohlarini tanqid qilmoqda.
“Bu o’z vataniga xizmat qilayotgan odamlarga nisbatan hurmatsizlik”, dedi ba’zilari.
O’tgan yil dekabr oyida AQSh rossiyalik 35 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborganidan va Rossiya elchixonasiga qarashli ikki imoratni olib qo’yganidan so’ng Kremlning bu qarorini Vashingtonda kutishgan edi.
Qo’shma Shtatlar Rossiyani o’tgan yilgi saylovlarga aralashganlikda ayblab, shu tariqa uni jazolashga majbur bo’lganini ta’kidlamoqda. Moskva bu da’volarni rad etmoqda.