Oq uy suriyalik qochqinlar uchun himoya dasturi muddatini uzaytirdi

  • Amerika Ovozi

Tramp ma’muriyati AQShda yashayotgan 7000 dan ziyod suriyalik uchun vaqtincha himoya dasturi muddatini uzaytirdi. Dastur mamlakatiga tahdidlar bois qaytolmayotgan migrantlar va qochqinlarning AQShda vaqtincha qolishiga imkon beradi.

“Yashash uchun imkoniyat bu. Yana bir yarim yil orzu qilib yashashimiz mumkin. Minnatdormiz”, - deydi suriyaliklardan biri.

AQSh Ichki ishlar vazirasi Kirstyen Nilsenning aytishicha, Suriyada qurolli mojaro davom etgunga qadar dasturni suriyaliklar uchun uzaytirishga asos bor.

Vaqtincha himoya maqomi qonunga ko’ra har 18 oyda qayta ko’rib chiqiladi. Shu kungacha suriyaliklar uchun dastur muddati uzaytirib kelingan. Biroq Tramp ma’muriyati kuchli zilzilalar tufayli so’nggi 10 yilda AQShga kelgan Gaiti va Salvador fuqarolarini yaqinda dasturdan chiqarishni buyurdi.