Suriya masalasini bir yoqli qilish uchun Tramp Peruga bormaydi

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp Oq uyda vazirlar bilan yig'ilish qilmoqda, 10-aprel, 2018-yil.

Oq uyning ma'lum qilishicha, Prezident Donald Tramp "AQShning Suriyaga javobini nazorat qilish" uchun shu hafta Lotin Amerikasiga rejalagan safarini bekor qildi.

"Prezident Tramp Peru poytaxti Limada bo'ladigan Amerika mintaqasining 8-sammitida qatnashmaydi va Kolumbiyaga ham bormaydi. Uning o'rniga, prezident iltimosiga ko'ra, vitse-prezident safar qiladi. Prezident Amerikaning Suriyaga javobini nazorat qilish uchun hamda dunyodagi o'zgarishlarni kuzatish uchun Qo'shma Shtatlarda qoladi", - dedi matbuot kotibi Sara Sanders.

Ikki kunlik sammit Peruda 13-aprel kuni boshlanadi. 7-aprel kuni Damashq yaqinidagi sharqiy G'uta tumanida yuz bergani aytilayotgan kimyoviy qurol hujumida kamida 40 odam o'lgani ma'lum bo'lgach, Tramp bu ishga qo'l urganlarga qarshi keskin javob berilishi haqida ogohlantirgan edi.

"Harbiy jihatdan oldimizda ko'plab javob choralari bor", - dedi Tramp.

Unga ko'ra, qanday chora ko'rilishi bo'yicha yakuniy qaror kelasi 48 soat ichida e'lon qilinadi.