Amerika Kubadek davlatga ishonmasligi kerak, deydi Prezident Donald Tramp. Uning tahlilicha, kommunist tuzum, Kastrolar oiladi tebratib kelayotgan sistema o'ziga o'xshagan zolim hukumatlarni quvvatlaydi; atom qurollari va yadroviy materiallar noqonuniy tarqalishi uchun hissa qo'shib keladi; jinoiy yo'llar orqali daromad qiladi; iqtisodiyoti qoradori va odam savdosiga asoslangan; minglab begunoh odamlarni oddiy tanqidiy fikri uchun qamoqqa tashlaydi.
Vashington Kubaga tubdan qarshi. Barak Obama prezidentligi davroda Kuba bilan yarasha boshlagan AQSh shu tariqa bu orol-davlat bilan rishtalarni uzishi mumkin.
Tramp Gavanada o'tgan yili ochilgan AQSh elchixonasini yopmaydi. Biroq yangi elchi ham tayinlanmaydi.
Ikki davlat orasidagi qatnov cheklanadi. Reyslar kamayadi. Kuba armiyasi va razvedkasi faoliyatini moliyaviy jihatdan siqmoqchi. Harbiy sanoat Kuba iqtisodiyotining yarmiga to'g'ri keladi.
Florida shtatining Mayami shahri minglab kubaliklarga yangi vatan. Amerika fuqarolari sifatida ular orasida respublikachilar talay. Ular ko'plab sonda Tramp uchun ovoz bergan. Bu amerikaliklar fikricha, Oq uy Kastro tuzumiga qarshi qattiq turishi kerak.
"Turizmni cheklaymiz. Iqtisodiy embargo olinmaydi. Sarmoya kiritmaymiz", - deydi Tramp.
VIDEO: Tramp deydiki, Kuba hukumati ishonchni oqlamagan va u bilan hamkorlikni cheklamay iloj yo'q. Demokratik shartlarni bajarmasa, bu orol-davlat yakkalanib qolaveradi, deydi Amerika prezidenti.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Yarim asrlik g'animlikdan so'ng Amerika hukumati Kuba bilan aloqani tiklashga kirishib, 2016-yilda Prezident Obama Gavanaga safar qilgan edi.
Kuba rahbari Raul Kastro bilan muloqotda u orada kelishmovchilik talay ekanini tan olib, niyat ezgu bo'lsa, davlatlar til topishishi mumkin, deya umid bildirgan edi.
Tahlilchilarga ko'ra, munosabatlarni rivojlantirish uchun nafaqat vaqt balki har ikki tomodan siyosiy iroda kerak.
Kubada siyosiy ahvol o'zgarmagan. Tuzumni tanqid qilganlar bosim ostiga olinadi. Qamoqxonalar siyosiy mahbuslarga to'la.
Lekin qashshoq davlat uchun Amerika bilan iqtisodiy yaqinlashish muhim maqsad. Millionlab odamlar yangi imkoniyatlar kutmoqda.
AQSh bizneslari bu mamlakatga sarmoya kiritish istagida. Buning uchun ular hukumatlarning ko'magiga tayanadi. Tramp ma'muriyati bu masalada yordamlashmasa, bizneslar ahdidan qaytadi.
Obama fikricha Kuba yarim asrlik cheklovlar ta'sirida o'zgarmagani Amerika siyosati samara bermaganidan dalolat. U Kuba bilan oz bo'lsa-da, murosa qilish mumkin degan qarorga kelgan edi. U va uning qo'lida ishlagan rasmiylar bugungi Oq uy qarorlaridan afsusda.