Vashington Turkiyada AQSh konsulligi xodimi hibsga olinganidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Turkiya matbuoti xabarlariga ko'ra, qamoqqa olingan shaxs AQShda yashovchi dindor Fathulla Gulenga aloqador bo'lib, Turkiya hukumati va konstitutsiyaviy tuzumini ag'darishga uringanlikda ayblanmoqda.
Turkiyadagi AQSh missiyasi bu voqea munosabati bilan bayonot chiqarib, ayblovlar uchun asos yo'qligini ma'lum qildi. Shuningdek, unda hodisaning yoritilishi, sudda ko'rib chiqilmasdan hukumat sizdirgan ma'lumotlar asosida OAV orqali konsullik ishchisini yomonotliq qilish kampaniyasi ketayotgani tanqid qilinadi.
Turkiya 2016-yil muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat to'ntarishi ortida AQShda istiqomat qiluvchi Fathulla Gulen turganini aytadi. Vashington uni ekstraditsiya qilish talabini bajarmay kelyapti.
Harbiy g'alayon bostirilgandan beri Turkiya bu ishga aloqador deb ko'rilgan 50 ming kishini hibsga oldi, o'n minglab odam hukumat ishlaridan haydaldi va yuzdan ortiq ommaviy axborot vositasi faoliyati to'xtatildi.
Gulen ayblovlarni inkor qilib, hukumat uni muxolif fikrlari uchun jazolamoqchi bo'layotganini aytadi.