Tunisda yangi hukumat tarkibi ma’lum

  • Amerika Ovozi

Tunisda korrupsiya va ishsizlikdan norozi xalq isyon ko’targach, sobiq rahbar va uning oilasi o’tgan juma Saudiya Arabistoniga qochgan. G’alayonda o’nlab odam o’lgani ma’lum.

Shimoliy Afrikadagi bu davlat Tashqi, ichki va mudofaa vazirlari o’z lavozimida qolib, muxolifatlar ayrim arboblar hokimiyatga kirgan.

Davlatni vaqtincha bosh vazir Muhammad Ganuchi boshqaradi. Saylovlar esa ikki oydan keyin o’tishi kutilmoqda.

Janob Ganuchi barcha siyosiy mahbuslar ozod qilinadi, deydi.

Tunisda bugun kun boshida yana to’polonlar o’tgan.

Tunisda yangi hukumat tarkibi ma’lum

Yangi hokimiyatni ham ag’darishga da’vatlar yangramoqda. Omma hukmron partiya, sobiq prezident Zin al-Abidin Ben Aliga sodiq kuchlar davlatdan ketsin, demoqda.

Poytaxt Tunis markazida qattiq qurollangan politsiya, armiya shay. Mana to’rt kundirki shaharda o’q uzishlar quloqqa chalinmoqda. Politsiya odamlarni suv, ko’zni yoshlantiruvchi gaz yordamida tarqatishga harakat qilgan.

Tunisda yangi hukumat tarkibi ma’lum

Yoshu qari namoyishda qatnashmoqda. Xalq hokimiyatga yangi odamlar kelishi tarafdori.

Butun boshli qo’zg’olonni boshdan kechirib, yana eski rahbarlar kelishiga chidab o’tirmaymiz, deydi odamlar. Ayrim eski siyosatchilar hokimiyatda qolayotgani aholi noroziligiga sabab bo’lmoqda.

Ba’zilar nazarida 23 yil avtoritarizm hukm surgan bu mamlakat saylovlarga tayyor emas.

Tunisda yangi hukumat tarkibi ma’lum

Tinchlik va demokratiya qaror topishi uchun ikki oydan ko’p vaqt kerak, deydi ular.

O’nlab fuqaro, jumladan, xavfsizlik xizmati sobiq yetakchilari qamoqda. Ular Tunis muvaqqat rahbarlariga qarshi fitnada gumon qilinmoqda.

Kecha sobiq prezident Ben Aliga sodiq kuchlar va armiya to’qnashgan.

Tunisda korrupsiya va ishsizlikdan norozi xalq isyon ko’targach, sobiq rahbar va uning oilasi o’tgan juma Saudiya Arabistoniga qochgan. G’alayonda o’nlab odam o’lgani ma’lum.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Tunis Tashqi ishlar vaziri Kamil Morjane bilan bog’lanib, yangi rahbarlarni tinchlikka chaqirgan.