Har yili hayit bayramida Turkiya musulmonlari orasida halol yoki islomiy tarzda hordiq chiqarish tobora urfga aylanib bormoqda. Turkiyaning mashhur Bodrum kurort zonasida mamlakatning boy musulmonlari uchun maxsus mehmonxona tashkil etildi.
Bir qarashda Bodrum kurorti yaqinidagi Sulton Bich mehmonxonasining boshqa otellardan farqi ko’zga tashlanmaydi: cho’milish uchun basseyn, quyoshda toblanish uchun kursilar va hovuz bo’yida salqin ichimlik sipqarib o’tirgan odamlar. Diqqat qilsangiz, bir farqni ko’rish mumkin: bu yerda ayollar va spirtli ichimliklar yo’q. Mehmonxona shariat ahkomlariga to’la rioya qilgan holda faoliyat yuritadi.
Mehmonxona egasi Ali Pichoqchi bu yerdagi sharoitni tasvirlaganda islomiy so’zidan ko’ra muqobil so’zini ishlatishni afzal ko’radi. Bunga jamiyatda talab bor, deydi u.
“Bayramni qanday o’tkazishni istasangiz, shunga yarasha tanlov imkoniyatlari bor. Biz konservativ odamlar uchun, ularning xohishiga ko’ra hordiq chiqarishning muqobil turlarini taklif etamiz“, - deydi Pichoqchi.
Egey dengizi bo’yidagi kurort zonalari tungi klublari va ichkilikbozlik haddan ziyod bo’lishi bilan mashhur. Ammo Sulton Bich kabi yangi dam olish maskanlarida spirtli ichimliklar yo’q. Ayollar uchun alohida hovuz va namozxonalar bor.
Musulmonlar himoyachisi sifatida tanilgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hukmronligi davrida Turkiya iqtisodiyotida katta o’sish kuzatildi. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, partiya tarafdori bo’lgan dindorlar qatlami tobora boyib bormoqda.
Istanbuldagi Bilgi universiteti professori Kenan Chayirga ko’ra, Turkiyada xohish-istaklari boshqacha bo’lgan va ularni qondirish uchun to’lashga puli yetarli boy musulmonlar qatlami yuzaga keldi.
“Iqtisodiy muvaffaqiyatga erishgan dindorlar, albatta, hordiqni ham islomga muvofiq chiqarishni istaydi. Amaldagi hukumat davrida islomiy otellar soni juda tez o’sdi. Ya’ni, islomiy hayot vertikal darajada jonlandi”, - deydi professor.
Turkiyada din va dunyoviylik o’rtasidagi munozaralar davom etar ekan, islomiy kurortlarning ko’payishiga shubha bilan qarovchilar ham bor.
Bodrumdagi kafelardan birida o’tirgan Respublikachilar Xalq partiyasi tarafdori Okan Ozsu nazarida, bu o’zgarishlar ortida siyosiy kuchlar turibdi.
“O’z hayot tarzini jamiyatga suqishga urinishmoqda”, - deydi u. “Hukmron islomiy partiyaning sohilbo’yi shaharlarda tarafdorlari kam va ular bu yerga o’zining kiyinish va yashash tarzlarini majburan olib kelmoqchi”.
Bugun Turkiya plyajlarida badanni to’liq to’sib turuvchi maxsus suzish kiyimini kiygan musulmon ayollarni ko’p uchratish mumkin,
Bodrum plyajlaridagi ko’plab sayyohlar uchun bu kutilmagan manzara.
Dunyoviy davlatda diniy mehmonxonalarning bo’lishi to’g’ri emas. Bunaqa kostyumlarda cho’miladigan ayollar bo’lmasligi kerak bu yerda”, deydi sayyohlardan biri.
Boshqa bir ayolga ko’ra esa, qanday kiyinish har kimning o’z ixtiyorida bo’lishi kerak.
“Bu ularning xohishi. Hurmat qilishimiz kerak buni. Qanday dam olishadi, bu ularning ishi”, - deydi u.
Turkiya siyosiy sahnasi din va dunyoviylikka doir munozaralar bilan to’lgan. Ketma-ket ikki saylovda g’alaba qozongan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hukmronligi davrida bunday bahslar, ayniqsa, yanada kuchaydi. Shuning uchun tortishuvlarning endi kurort zonalariga ko’chgani ajablanarli emas.
Your browser doesn’t support HTML5