Turkiya G'azoga gumanitar yordam yubordi

  • Amerika Ovozi

"Lady Leyla" nomli kema bolalar uchun o’yinchoqlar, taglik, kiyim-kechak, dori-darmon va oziq-ovqatni G'azoga eltmoqda.

Turkiya Isroil bilan aloqalarni yaxshilaganidan so’ng G’azoga insonparvarlik yordamini yubordi. 10 ming tonna yuk olib ketayotgan mashinalar Isroil orqali G’azo Sektoriga yetib bordi.

500 yuk mashinasida bolalar uchun o’yinchoqlar, pamperslar, kiyim-kechak, dori-darmon va oziq-ovqatning borligi aytilmoqda. Yaqin kunlarda Turkiyadan falastinliklar uchun qo’shimcha gumanitar yordam yetkaziladi.

Isroil 2010-yil mayida G’azoga insonparvarlik yuki olib ketayotgan Turkiyaga qarashli kemaga hujum qilib, 10 nafar turk fuqarosini o’ldirganidan so’ng ikki tomonlama munosabatlar to’xtab qolgan edi.

Isroil HAMAS boshqaruvi ostidagi sektorni o’shanda dengizdan qamalga olgan edi. HAMASni terrorchi harakat deb biluvchi yahudiy davlati qamal yordamida guruhga qurol yetkazilishining oldini olmoqchi ekanini aytadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G’azoga yetaklovchi dengiz yo’llarining yopilganini qoralab keladi.

G'azoni qayta tiklash uchun kamida 6 mlrd. dollar kerak bo'ladi

Your browser doesn’t support HTML5

G'azo urushiga bir yil to'ldi