Tehron va Anqara bir-biridan yanada uzoqlashgan

  • Amerika Ovozi

Yaqinda Suriya bo'yicha Ostonada o'tgan muzokaralarda Rossiya qatorida Turkiya va Eron vakillari ham qatnashdi, lekin munosabatlar keskin

Turkiya va Eron azaldan murakkab aloqalarga ega. Bir-biriga tosh otib o'rgangan. Bugun mintaqaviy ta'sir uchun kurash qiziganda qizigan.

“Eron biz uchun juda muhim sherik va doimo muloqotdamiz", - deydi Ibrohim Kalin, Turkiya rahbari matbuot kotibi. "Biroq biz Eron hududimizdagi vaziyatni chigallashtirishiga yo'l qo'ymaymiz".

Erondagi islomiy tuzum Turkiyani Suriya va Iroqdagi harbiylarini olib chiqishga chaqirmoqda. Aks holda ular quvib chiqariladi, deya bildirmoqda Tehron.

Anqara bunday bayonotlardan g'azabda.

Tahlilchi Atilla Yashilada deydiki, Eron shialar qudratini kuchaytirish payida ekan, turklarga boshog'riq sifatida qaraydi. Chunki Turkiya rahbariyati buni ochiq qoralab kelmoqda, xususan Eron turli jangari guruhlarni quvvatlashini. Mazhablararo kurash avjiga chiqmoqda.

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog'an o'zini sunniy musulmonlar himoyachisi deb biladi. Tehron, uning nazarida, mazhablararo nizo boshida turgan yovuz kuchdir. Livanda u moylab kelayotgan tashkilot - Hizbulloh - terrorchi tashkilot, deydi Erdog'an.

Biroq Turkiyaning o'zida hukumatni haddan oshmaslikka undayotganlar ko'p.

"Biz kimmiz o'zi? Mintaqaviy qudratga ega davlat. Global qudratga ega emasmiz. Mintaqaviy kuch sifatida ham imkoniyatlarimiz cheklangan - harbiy, siyosiy va iqtisodiy. Eron bilan hamkorlik yo'lidan borish kerak", - deydi sobiq diplomat Aydin Seljen.

Erdog'an fikricha esa sunniy davlatlar birlashib, Eronga bosimni oshirishi kerak.

Eron va Turkiya rahbarlari, BMT, Nyu-York, 20-sentabr, 2016

Yaqinda Turkiya rahbari Saudiya Arabistoniga bordi, shuningdek, boshqa arab mamlakatlarini kezdi. U Amerika yordamiga ham umid qilmoqda.

Prezident Donald Tramp sunniylarning Eronga nisbatan nafratidan o'z manfaatlari uchun, Turkiya va boshqa davlatlar esa AQSh yangi rahbarining Eronga nisbatan nafratidan o'z manfaatlari uchun qo'llanishi mumkin.

Tehron mintaqada Turkiyaga qarshi kurashib kelayotgan kurd jangarilarini o'ziga og'dirish payida, deydi tahlilchi Yeshilada.

Lekin, deya eslatadi yana bir ekspert Semih Idiz, Eronga qarshi kurashayotgan kurdlar ham ko'p, chunki mamlakatda ham ularni ezib kelishadi.

Munosabatlar qanchalik chigallashmasin, tomonlar urushga bormaydi, deydi Idiz. Muhimi, nizolar so'zda bo'lsin, qurolga o'tish har tomonlama qimmatga tushadi va Eron ham, Turkiya ham qon to'kilishini istamaydi.