Turkiya Prezidenti Rajap Toyip Erdog'an erta saylovlar o'tkazishga qaror qildi. Mamlakatda koalitsion hukumat tuzishga doir muzokaralar ish bermadi, kurd isyonchilariga qarshi kurash esa tobora ziddiyatli tus olayapti.
Bosh vazir Ahmad Dovuto'g'li hafta boshida qo'shma hukumat tuzishga urinishni bas qilgan edi. Tahlilchilarning aytishicha, kurd isyonchilari bilan olishuvlar o'zaro ixtilofni kuchaytirgan.
Saylovlar 1-noyabrga belgilanishi taxmin qilinadi. Turkiya rahbari saylovlar oldidan vaqtincha hukumat tuzish niyatida.
Mamlakatda boshliq Adolat va taraqqiyot partiyasi iyul oyidagi umumiy saylovlarda parlamentdagi hukmronlikni qo'ldan boy bergan edi.
Bu orada, ikki yillik sulhdan so'ng Kurdiston ishchilar partiyasi deya tanilgan isyonkor guruh bilan janglar yana jadallashdi.
Tanqidchilar nazarida Erdog'an avvaldan erta saylovlarni ko'zlab yurgan, shuning uchun koalitsiya tuzishga doir muzokaralarga suqulavergan.
Uning maqsadi - Adolat va taraqqiyot partiyasi tinchlik va barqarorlikning yagona kafolatchisi, degan tasavvurni shakllantirish, deydi tahlilchilar.
Dovuto'g'lining Adolat va taraqqiyot partiyasi 12 yillik hukmronlik ortidan saylovlarda yangi yaralgan, kurdlarga xayrixoh partiyaga ko'p o'rinlarni boy bergan edi.