Ikki kundirki, Istanbulning yuragi hisoblangan park to’qnashuvlar maydoni. Istirohat bog’ining tijoriy markazga aylanishiga qarshi chiqayotgan omma politsiya bilan olishmoqda.
Taksim maydoni sifatida tanilgan joy azaldan siyosiy va madaniy chiqishlar uchun xizmat qilgan.
G’azabga to’lgan odamlarni tinchitish uchun xavfsizlik kuchlari ko’zni yoshlantiradigan gaz va suv qo’llamoqda.
Namoyishchilarni quvvatlash maqsadida Anqara va boshqa o’nlab shaharlarda ham odamlar ko’chaga chiqib, hukumat olib borayotgan siyosatga la'natlar aytmoqda.
Bosh vazir Rejep Toyyib Erdog’an bugun xalqni tinchlanishga undab, politsiya kuch ishlatganini qoralagan. Ammo, deydi u, Taksim yuzasidan qabul qilingan qaror o’z kuchida qoladi, park tijoriy obyektga aylanadi.
Siyosiy tahlilchilar deydiki, gap bu yerda faqat parkda emas. Jamoatchilik amaldagi taqvodor siyosatchilardan norozi. Ko’plab turklar nazarida hukumat tobora avtoritar yo’ldan bormoqda va xalq bilan hisoblashmay qo’ygan. Fuqarolar o’z fikrini erkin bildira olishni istaydi va bunga o’rgangan ham, lekin endilikda tuzum bunga toqat qilmayapti, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan ekspertlar.
Ammo ayrimlar fikricha bugun Taksimda politsiya bilan olishayotganlar orasida hamma ham xalq ravnaqini o’ylayotgani yo’q. Bezorilar, vaziyatdan foydalanib, xavfsizlik kuchlaridan alamini olishga bel bog’lagan yoshlar ko’p, deydi kuzatuvchilar.
Your browser doesn’t support HTML5