Turkiya-Suriya chegarasidagi portlashlarda 40 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Reyhanli shahri

Turkiya-Suriya chegarasida yuz bergan portlashda 40 kishi o’lgan va 100 dan ziyod odam jarohatlangan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 11-may, 2013


Turkiya Ichki ishlar vaziri Muammar Guler deydiki, ikki mashinaga bomba qo’yilgan. Xurujlarning barchasi Reyhanli shaharchasida sodir etilgan.

Mahalliy axborot vositalarining yoritishicha, to'rt yerda xurujlar kuzatilgan

Tergov davom etar ekan, Turkiya Suriya hukumatini gumon qilmoqda. Bashar al-Assad ma'muriyati va uning razvedka xizmati portlashlar ortida turgan bo'lishi mumkin, deydi turk rasmiylari.

Ularga ko'ra, hozirgacha topilgan dalil-isbot hujum Suriyada asoslangan jangari guruh tomonidan amalga oshirilganini ko'rsatmoqda, ammo to'da hukumat quvvatlovisiz bu ishlarni qila olmagan bo'lar edi.

Damashq bu da'volarni rad etmoqda. Reyhanli minglab suriyaliklar jon saqlayotgan maskan. Ular vatandagi xunrezliklardan qochib chiqqan va Bashar al-Assadni qonxo'rlikda, xalq noroziligiga qaramay hokimiyatdan ketmayotganlikda ayblaydi.

Turkiya nazarida ham Assad o'z xalqini qirib kelayotgan lider and rahbarlikda qolishga loyiq emas. G'arb bu borada Anqara bilan hamfikr.