Grin karta yutib Amerikaga kelayotganlar

  • Amerika Ovozi

Prezident Donald Tramp grin karta lotereyasini bekor qilish taklifi bilan chiqqan. 20 yildan ortiq davom etayotgan bu dastur turli davlatlar fuqarolariga Amerikada yashash va ishlash imkonini beradi.

Your browser doesn’t support HTML5

Grin karta yutayotganlarning Amerikadagi ahvoli

Sahin Vural Turkiyaning Adana shahrida fotograg bo’lgan. Amerikaga grin kartani yutib, 2007-yilda 22 yoshida kelgan. Ilk yillarda qo’lidan kelgan har qanday ishlarda o’zini sinab ko’rgan.

“Franchayzing asosida ochilgan kompaniyada ishlardim. Bir kuni ular men ham shunday biznez boshlashim mumkinligini aytib qolishdi. El-Paso shaharchasi Meksika bilan chegaraga bir qadam va aholi ispanzabonlar bo’lgani uchun turkcha restoran ochishga qo’rqdim, lekin ko’ndirishdi”, - deydi Sahin.

Sahin 2011-yilda Texasga ko’chib, kompyuter o’yinlarini sotish bilan shug’ullanadi. O’shandayoq turkcha restoran ochishni ko’ngliga tukkan.

“Bu yerda turklar, arablar juda sanoqli. Boshida faqatgina Meksika fuqarolari kirsa kerak deb o’ylagandim. Hozir xo’rrandalarimizning 70-75 foizi amerikalik shifokorlar, huquqshunoslar, yon atrofdagi universitet professorlari. Xursandman”, - deydi u.

Grin karta dasturi yiliga 50 ming odamga lotereya orqali Amerikada yashash imkonini beradi. O’yinda qatnashmoqchi bo’lganlar o’rta maktabni bitirgan yoki kamida ikki yillik ish tajribasi bo’lishi kerak. So’nggi besh yil ichida Amerikaga 50 mingdan ortiq odam kelgan davlatlar unda ishtirok etolmaydi.

Trampga ko’ra, lotereyani tugatish davlat xavfsizligi uchun muhim. 2017-yilning oktabrida Nyu-Yorkda o’zbekistonlik muhojir terror hujumi sodir etib, sakkiz kishini o’ldirgan edi. Sayfullo Soipov grin karta bilan kelgan. AQSh rahbari bu voqeaga ham ishora qilmoqda.

“Talabalik yilllarimda bir domla “kechani unut, bugunni o’ylab, kelajak bilan yasha”, degandi. Shu gaplar shiorimga aylangan”, - deydi Sahin.