Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari sentabr oyida diplomatik aloqalarni o’rnatishga doir shartnoma imzolashi ketidan milliardlab dollarlik iqtisodiy kelishuvlarga umid qilmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
“Amirliklar infratuzilmani rivojlantirishda, uzoq muddatga rejalashda bizdan kattaroq bilim va tajribaga ega, logistika markazi, ta’minot markazi hisoblanadi, bir so’z bilan aytganda, sharq darvozasidir”, - deydi BAA-Isroil biznes kengashi asoschisi, Quddus hokimi o’rinbosari Flor Hasan Nahum.
Isroilning “Our Crowd” startap kompaniyasi Abu-Dabidagi “Al-Nabuda” guruhi bilan 100 million dollarlik shartnoma imzoladi.
“Turli sohalarda ishlashga kelishib oldik. Nafaqat kiberxavfsizlik yoki Dubay bandargohi va amirliklarning “Ittihod” aviakompaniyasini hisobga olganda logistika va aviatsiya yo’nalishlarida, balki aqlli shahar texnologiyasi, yangilanuvchi energiya, oziq-ovqat xavfsizligi, sahroga doir agrotexnologiya, ta’lim texnologiyasi, sog’liqni saqlash sohalarida ham hamkorlik qilamiz”, - deydi startap rahbari Jon Medved.
Amirliklarda joylashgan kompaniyalar shu yo’nalishlarda Isroildan sarmoyalars kutmoqda.
“Abu-Dabi izchil siyosat yuritadi, buning uchun izchil dasturlarni amalga oshiradi, bilim va tajriba katta va eng muhimi, turli ishlarga yondashuvimizda faollik va tashabbuskorligimizdan faxrlanamiz”, - deydi Abu-Dabi sarmoya idorasidan Tariq bin Hendi.
Har ikki tomonda biznes qilishga ishtiyoq katta, ammo o’zaro ishonch vaqt talab qiladi, deydi ba’zilar.
“Isroilda biznes madaniyat kelishuvlardan iborat. O’ta sabrsizmiz. Bir haftada bitim imzolashimiz kerak. Ammo Birlashgan Arab Amirliklarida bir haftada buning imkoni yo’q. Odamlar avval bir-birini tanishi, ishonishi kerak. Biznes yuritishning o’ta sharqona uslubi”, - deydi isroillik siyosatchi.
Yaqinda Isroil va amirliklar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri parvozlar amalga oshirila boshladi, Dubayga sayyohlik turlari tez sotilmoqda. Yaqin yillarda turizm va biznes kelishuvlardan milliardlab dollar daromad ko’rilishi kutilmoqda.